Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva 11-oktyabr kuni yo‘qolib qolgan mushugini topishda jamoatchilikdan yordam so‘radi.
U o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi murojaatida mazkur mushuk oila uchun, ayniqsa, kichik qizi Raniya uchun juda qadrli ekanini ta’kidladi. “Bu mushuk bizning oila a’zomizdek bo‘lib qolgan. Farzandlarim bilan birga ulg‘aydi. Biz barcha atrofni ko‘zdan kechirdik, e’lonlar ilindik, ammo hozircha natija yo‘q. Uni topish uchun har qanday yordamni qadrlaymiz”, — deb yozdi u.
Ma’lum qilinishicha, mushuk Toshkent shahrining Qorasuv-1 mahallasi, “Lunacharskiy” hududida yo‘qolgan bo‘lib, hozirda oila uni izlashni davom ettirmoqda.
Shahnoza Mirziyoyeva mushukning topilishiga oid har qanday ma’lumotni yetkazganlarga minnatdorlik bildirgan va jamoatchilikdan yordam so‘ragan.


