1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Sirdaryoda 398 ta bog‘chada sanitariya me’yorlari buzilgani aniqlandi

Tekshiruv natijasida 329 nafar mas’ul shaxs 333 mln so‘m miqdorda jarimaga tortildi.

Sirdaryoda 398 ta bog‘chada sanitariya me’yorlari buzilgani aniqlandi

Sirdaryo viloyatida o‘tkazilgan tekshiruvlar davomida 398 ta xususiy maktabgacha ta’lim muassasasida sanitariya me’yorlari buzilgani fosh etildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi ma’lum qildi.

 

O‘rganishlar jarayonida 60 dan ortiq bog‘chada oshxona va hojatxonalar ta’mirtalab holatda ekani, ichimlik suvi ta’minotida uzilishlar mavjudligi, qo‘l yuvish joylari yetarlicha jihozlanmagani aniqlangan. Shuningdek, ayrim muassasalarda xodimlarning tibbiy ko‘rikdan o‘tmagani, choyshab va yotoq anjomlarining yaroqsiz holatga kelgani qayd etildi.

 

Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, aniqlangan kamchiliklar asosida bir nechta bog‘chalarning faoliyati vaqtincha to‘xtatildi. 329 nafar mas’ul shaxsga nisbatan umumiy 333 million 480 ming so‘m miqdorida jarima qo‘llanildi.

 

Hozirda holatni bartaraf etish maqsadida maxsus ishchi guruhlar tuzilib, nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика