1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

AQSH Isroilga 165 million dollarlik harbiy texnika yetkazib beradi

Qaror yuzasidan Kongressni xabardor qilish uchun zarur sertifikat berilganligi ma’lum qilingan.

AQSH Isroilga 165 million dollarlik harbiy texnika yetkazib beradi

 

AQSH davlat departamenti Isroilga harbiy maqsadlarda foydalanish uchun 164,6 million dollarlik og‘ir tanklar tirkamasi va tegishli jihozlarni sotishni ma’qulladi. Mudofaa xavfsizligi bo‘yicha hamkorlik agentligi bayonotida, mazkur qaror yuzasidan Kongressni xabardor qilish uchun zarur sertifikat berilganligini ma’lum qilingan.

 

Qayd etilishicha, Isroil hukumati so‘rovi asosida davlat departamenti umumiy qiymati 164,6 million dollarga teng og‘ir tank tirkamasi va unga tegishli uskunalarni sotishni ma’qullagan hamda zarur sertifikat Kongressga yuborilgan.

 

Yetkazib berish 2027-yilda boshlanishi kutilmoqda. Savdo sertifikati nafaqat og‘ir tank tirkamalari, balki ehtiyot qismlar, texnik xizmat ko‘rsatish va haydovchi asboblari, texnik hujjatlar va logistika yordamini ham nazarda tutadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика