1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

AQSH Markaziy Osiyodagi nodir metallarga qiziqmoqda

Chunki Ukrainada nodir metall zaxiralari juda kam.

AQSH Markaziy Osiyodagi nodir metallarga qiziqmoqda

AQSH Markaziy Osiyodagi nodir qazilmalar bo‘yicha qiziqish bildirayotganini National Interest nashri e’lon qildi. Nashrga ko‘ra, dunyoda nodir metall zaxiralari bo‘yicha yetakchilik hanuz Xitoy qo‘lida, ammo Vashington bu monopoliya ta’sirini kamaytirishga intilmoqda.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Ukrainada nodir metall zaxiralari juda kam bo‘lib, dunyo bo‘yicha atigi 5 foizni tashkil etadi. Shuningdek, AQSH uchun muhim bo‘lgan 50 elementdan faqat 22 tasi bu mamlakatda mavjud.

 

Shu sababli, AQSH qo‘shimcha imkoniyatlarni o‘rganishi kerakligi ta’kidlanadi. Nashr fikricha, Markaziy Osiyo mintaqasi global zaxiralarning katta qismi joylashgan hudud sifatida Amerika uchun muhim strategik yo‘nalishga aylanishi mumkin.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика