1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

AQSH sudi Binance kriptobirjasi asoschisini 4 oylik qamoq jazosiga hukm qildi

Sud Chjaoni AQSHning pul yuvishga qarshi kurash qonunlarini buzganlikda aybdor deb topdi.

AQSH sudi Binance kriptobirjasi asoschisini 4 oylik qamoq jazosiga hukm qildi

Sietl federal sudi dunyoda eng yirik bo‘lgan Binance kriptobirjasi asoschisi 47 yoshli Chanpen Chjaoni to‘rt oylik qamoq jazosiga hukm qildi. Prokurorlar unga uch yillik qamoq jazosini so‘ragan edi.

 

Prokurorlar Binance rahbariyatini 100 000 ta shubhali tranzaksiyani, jumladan, HAMAS, Al-Qoida va ISHID guruhlariga o‘tkazmalarni yashirishda aybladi. Shuningdek, ayblov xulosasida keltirilishicha, birja bolalar jinsiy zo‘ravonlik materiallarini sotishni qo‘llab-quvvatlagan va tovlamachilikdan tushgan daromadning katta qismini olib kelgan.

 

Binance 4,32 milliard dollar jarima to‘lashga rozi bo‘ldi, Chjao esa 50 million dollar jinoiy jarima to‘ladi, yana 50 million dollarni AQSH Tovar fyuchers savdo komissiyasiga berdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика