AQSh Prezidenti Jo Bayden ma'muriyati Tayvanga 500 million dollarlik yangi qurol va harbiy texnika paketini sotishni ma'qulladi. Bu haqda AQSh Davlat departamenti ma'lum qildi.
Gap Tayvanning F-16 qiruvchi samolyotlarini modernizatsiya qilish uchun uskunalar, jumladan, infraqizil qidiruv va kuzatuv tizimlari, kompyuter dasturlari va samolyotlar uchun ehtiyot qismlar haqida bormoqda.
Qayd etilishicha, bu Pekinning qattiq tanqidiga sabab bo‘lishi mumkin.
"Savdo Tayvanga orolning havo hududini himoya qilish qobiliyatini kuchaytirish orqali hozirgi va kelajakdagi tahdidlarga qarshi turish qobiliyatini yaxshilash imkonini beradi", — deyiladi Davlat departamenti xabarida.


