1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

AQSH va Turkiyadan qidiruvdagi to‘rt nafar shaxs O‘zbekistonga deportatsiya qilindi

Amaliyot Interpolning Toshkent va Anqara byurolari, AQSH elchixonasi hamda AQSH va Turkiya huquq-tartibot organlari hamkorligida o‘tkazildi.

AQSH va Turkiyadan qidiruvdagi to‘rt nafar shaxs O‘zbekistonga deportatsiya qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Interpol Milliy markaziy byurosi xalqaro qidiruvda bo‘lgan jinoyatchilarni mamlakatga qaytarish bo‘yicha muhim amaliyot o‘tkazdi. Ushbu chora Interpolning Toshkent va Anqara Milliy markaziy byurolari, AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi, shuningdek AQSH va Turkiya vakolatli organlari bilan olib borilgan samarali hamkorlik natijasida amalga oshirildi.

 

O‘zbekiston fuqarolaridan iborat qidiruvdagi shaxslar soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash, yirik miqdordagi firibgarlik va boshqa og‘ir jinoyatlarni sodir etganlikda gumon qilinmoqda. Ular bo‘yicha olib borilgan tezkor-qidiruv ishlari natijasida deportatsiya qilish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

 

Amaliyot doirasida AQSH Immigratsiya va bojxona politsiyasi xodimlari hamrohligida ikki nafar shaxs Nyu-Yorkdan Toshkentga, yana ikki nafar shaxs esa Istanbuldan O‘zbekistonga olib kelindi. Qidiruvdagi jinoyatchilar Interpol Milliy markaziy byurosi va hududiy ichki ishlar organlariga topshirilib, keyingi tergov jarayonlari boshlandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика