1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonga salqin havo kirib kelishi kutilmoqda

Respublikada havo harorati 2-3 darajaga pasayadi.

O‘zbekistonga salqin havo kirib kelishi kutilmoqda

Bugun va ertaga O‘zbekiston hududi bo‘yicha asosan kam bulutli va nisbatan issiq ob-havo saqlanib turadi. Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasining ayrim joylarida 16 avgust kuni kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

 

Havo harorati 15-16 avgust kunlari asosan +30...+35 daraja, janubda +38 darajagacha bo‘ladi.

 

Yakshanba kuni O‘zbekiston hududiga nisbatan salqin havo kirib kelishi kutilmoqda, havo harorati 2-3 darajaga pasayadi.

 

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida 17 avgust kuni baʼzi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

 

Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

 

Toshkentda bugun va ertaga asosan kam bulutli ob-havo kuzatiladi, 17 avgust - yakshanba kuni havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-15 m/s gacha kuchayishi, baʼzi joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. 

 

Harorat kechalari +19...+21 daraja, kunduz kunlari 15-16 avustda +32...+35 daraja, 17 avgustda +28...+30 daraja bo‘ladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика