1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

“Talabalar turar joyi” tizimida texnik ishlar olib borilmoqda

Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun yotoqxona ariza topshirish xizmati tez orada ishga tushadi.

“Talabalar turar joyi” tizimida texnik ishlar olib borilmoqda

2025/2026-o‘quv yili oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarining yakuniy natijalari e’lon qilindi.

 

Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar davlat oliy ta’lim muassasalarining talabalar turar joyiga joylashish uchun Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz portali orqali onlayn ariza topshirish imkoniga ega.

 

Hozirda 1-bosqichga tavsiya etilgan abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “Talabalar turar joyi” axborot tizimiga yuklash ishlari olib borilmoqda. Shu bois ariza yuborish xizmati vaqtincha faol emas. Texnik ishlar yakunlangach, ariza topshirish imkoniyati ishga tushiriladi. Qo‘shimcha ma’lumot rasmiy manbalar orqali e’lon qilinadi.

 

Reglamentga ko‘ra, avval imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joyiga joylashtiriladi. So‘ngra qolgan joylar umumiy ro‘yxat bo‘yicha navbat asosida taqsimlanadi. 1-kurs talabalari uchun joylarning 55–65 foizi ajratiladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика