1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

AQSh Xitoyga eksport cheklovlarini kuchaytiradi

Bu, ayniqsa, texnologiya ekportiga taalluqli.

AQSh Xitoyga eksport cheklovlarini kuchaytiradi

 

AQSh Prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Xitoy texnologiya eksportiga cheklovlar joriy qilmoqchi. Rasmiy Pekin allaqachon ogohlantirish olgan. 

 

Qayd etilishicha, eksportni nazorat qiluvchi AQSh Savdo vazirligi cheklovlarni yangilash ustida ishlamoqda.

 

Xitoy esa mamlakatdagi jarayonlarni sekinlashtirish maqsadida AQSh milliy xavfsizlik konsepsiyasining haddan tashqari kengaytirilishiga qat'iy qarshi ekanini aytdi.

 

Eslatib oʻtamiz, avvalroq AQSh Prezidenti Jo Bayden Xitoy texnologiya sanoatiga, xususan, yarimoʻtkazgichlar, mikroelektronika, kvant texnologiyalari va sunʼiy intellektni rivojlantirishga sarmoya kiritishni cheklovchi farmonni imzolagan edi.

 

O‘tgan yilning oktabr oyida Qo‘shma Shtatlar Xitoyga qurol ishlab chiqarishda Amerika texnologiyasidan foydalanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun yarimo‘tkazgichlar va ularni ishlab chiqarish uchun uskunalar yetkazib berishni cheklagandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика