1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

AQShda eronlik talabalar uchun ta'lim olish imkoniyatlari cheklanmoqda

Senator Tommi Tubervill eronlik va xitoylik talabalar uchun AQSh universitetlariga viza berishni taqiqlovchi qonun loyihasini taklif qildi.

AQShda eronlik talabalar uchun ta'lim olish imkoniyatlari cheklanmoqda

AQSh Senati a’zosi Tommi Tubervill eronlik va xitoylik abituriyentlarga AQShdagi oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun talabalar vizasini berishni taqiqlovchi qonun loyihasini Senatga taqdim etdi.

 

Bu haqda “Free Iran” Telegram kanali xabar bergan.

 

Senator Tubervillning ta’kidlashicha, AQShni “dushman davlatlar” deb hisoblanadigan mamlakatlardan bo‘lgan talabalar milliy xavfsizlikka tahdid solishi va amerikalik talabalarning o‘qish imkoniyatlarini cheklashi mumkin.

 

Qonun loyihasida chet ellik talabalar uchun viza kvotalarini qayta ko‘rib chiqish, qoidabuzarliklar uchun esa qat’iy jazo choralari joriy etish nazarda tutilgan.

 

“AQShga kelib, bizni yo‘q qilishga tayyorgarlik ko‘rayotgan eronliklarga yo‘l ochib bo‘lmaydi”, — dedi Tubervill Fox News telekanaliga bergan intervyusida.

 

Agar mazkur qonun loyihasi qabul qilinsa, minglab eronlik talabalar uchun AQShda ta’lim olish imkoniyatlari sezilarli darajada cheklanadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика