1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Birinchi xonimlar Xitoy san’at va hunarmandchilik muzeyida bo‘ldi

Ayni vaqtda Xitoy poytaxti Pekin shahrida “Bir makon, bir yo‘l” uchinchi xalqaro forumi o'tkazilmoqda.

Birinchi xonimlar Xitoy san’at va hunarmandchilik muzeyida bo‘ldi

 

Bugun, 18 oktabr kuni Xitoy poytaxti Pekin shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Bir makon, bir yo‘l” uchinchi xalqaro forumi doirasida sammitga kelgan delegatsiyalar rahbarlarining rafiqalari ishtirokidagi tadbirlar ham bo‘lib o‘tdi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva Xitoy Xalq Respublikasi Raisining rafiqasi Pen Liyuan hamrohligida hamda boshqa delegatsiyalar rahbarlarining rafiqalari bilan birgalikda Xitoy san’at va hunarmandchilik milliy muzeyiga tashrif buyurdi.

 

Prezidentimizning rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva birinchi xonimlar bilan birga muzeydagi eksponatlarni ko‘zdan kechirdi. Ularga Xitoy hunarmandchiligi tarixi, buyumlarda ifodalangan naqshlar va ramzlar haqida so‘zlab berildi.

 

Shundan so‘ng xonimlar Xitoy xalq operasi namunalaridan iborat konsert dasturini tomosha qilishdi. Unda tabiat go‘zalligi, tinchlik va ezgulik, xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik tuyg‘ulari nafis kuy va raqslar uyg‘unligida ifodalandi. Birinchi xonimlar konsert ijrochilari bilan birga suratlarga tushdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика