1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Bloger Shuhrat Musayev 77 ta jarimasi borligini rad etdi

Blogerning Zamon.uz‘ga maʼlum qilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda uning Lacetti rusumli mashinasi xatlangani haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

Bloger Shuhrat Musayev 77 ta jarimasi borligini rad etdi

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda bloger Shuhrat Musayev 77 marta yo‘l harakati qoidalarini buzib, belgilangan jarimalarni to‘lamay kelayotgani va natijada unga tegishli Lacetti avtomashinasi MIB tomonidan xatlanib, auksionga chiqarilgani haqida maʼlumotlar tarqalgani xabar qilingan edi.

 

Holatga oydinlik kiritish uchun Zamon.uz muxbiri bloger bilan bog‘landi. Shuhrat Musayevning maʼlum qilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda uning 33 mln atrofida jarimasi borligi va ular to‘lanmagani sababli mashinasi xatlangani haqidagi maʼlumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

 

“Mening hech qanday 33 mln qarzdorligim va Lacetti rusumli mashinam ham yo‘q. Menga MIBdan 3 ta maʼmuriy jarima bo‘yicha xat kelgan, lekin bular “MyGOV”, “Road24” ilovalarida ham ko‘rinmayapti. Vaziyatga tushunmay, MIBga bog‘lanib, ular bilan gaplasholmayapman”, degan bloger Zamon.uz bilan suhbatda.

 

Ayni paytda Zamon.uz holatga oydinlik kiritish maqsadida MIB axborot xizmati bilan ham bog‘landi. MIB matbuot kotibi bu bo‘yicha yaqin orada maʼlumotlar taqdim etilishini bildirdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика