1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkent viloyatida bedarak yo‘qolgan besh yoshli bolaning jasadi topildi

Bosh prokuratura Zamon.uz’ga hodisa tafsilotlarini ma'lum qildi.

Toshkent viloyatida bedarak yo‘qolgan besh yoshli bolaning jasadi topildi

Joriy yilning 17-avgust kuni O‘rtachirchiq tumani IIBga fuqaro R.Z. murojaat qilib, o‘g‘li M.B. 16-avgust kuni yashash joyidan chiqib ketib, qaytib kelmaganini bildirgan.

 

Qidiruv tadbirlari natijasida, 18-avgust kuni voyaga yetmagan M.B.ning jasadi tuman hududidan oqib o‘tuvchi ariqlardan biridan topilgan. Bu haqda Bosh prokuratura Zamon.uz ga ma'lum qildi.

 

Dastlabki ko‘zdan kechirishda marhum tanasida zo‘ravonlik yoki jarohat izlari aniqlanmadi.

 

Mazkur holat yuzasidan O‘rtachirchiq tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Natijaga ko‘ra qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика