1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

BMT G‘azoni tiklash xarajatlarini e’lon qildi

BMT, Yevropa Ittifoqi va Jahon banki G‘azoni rekonstruksiya qilish xarajatini 70 milliard dollarga baholadi.

BMT G‘azoni tiklash xarajatlarini e’lon qildi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi (BMTTD) ma’lumotiga ko‘ra, G‘azo sektorini rekonstruksiya qilish uchun taxminan 70 milliard dollar mablag‘ talab etiladi. Bu haqda BMTTDning Falastin xalqiga ko‘mak dasturi ma’muriyati maxsus vakili Jako Silyers Jenevada bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi, deb xabar beradi TASS.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu hisob-kitob BMT, Yevropa Ittifoqi va Jahon banki tomonidan o‘tkazilgan zarar va ehtiyojlarni tezkor baholash natijasida shakllangan. Silyersning ta’kidlashicha, tiklanish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshiriladi va avvalo, eng zarur infratuzilma hamda ijtimoiy ahamiyatga ega hududlar qayta tiklanadi.

 

“Bizning vazifamiz — vayronagarchilik ko‘lamini aniqlash bilan birga, tiklanish jarayonida ustuvor yo‘nalishlarni belgilashdir. Hamma hududlar ham qayta tiklanmasligi mumkin,” — dedi u.

 

G‘azoni tiklash ishlari yakunlanish muddatini hozircha aniq belgilashning imkoni yo‘q.

 

Eslatib o‘tamiz, 6-oktabr kuni Isroil va HAMAS delegatsiyalari Misr, Qatar, AQSh va Turkiya vositachiligida G‘azo sektoridagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha bilvosita muzokaralarni qayta boshlagan. 10-oktabrdan boshlab esa o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi kelishuv kuchga kirgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика