1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

BMT Qirg‘izistonni o‘lim jazosini tiklamaslikka chaqirdi

Hozirda mamlakatda ushbu qonun loyihasi muhokama bosqichida.

BMT Qirg‘izistonni o‘lim jazosini tiklamaslikka chaqirdi

BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Folker Tyurk Qirg‘iziston hukumatini o‘lim jazosini qayta joriy etish bo‘yicha tashabbuslardan voz kechishga chaqirdi. Uning taʼkidlashicha, bunday chora inson huquqlariga zid bo‘lib, jinoyatchilikni kamaytirishga yordam bermaydi.

 

Jenevada berilgan bayonotga ko‘ra, Tyurk Qirg‘izistonni xalqaro majburiyatlariga sodiq qolishga chaqirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat 2007 yilda o‘lim jazosini bekor qilgan va shu orqali inson huquqlari sohasida muhim qadam qo‘ygan edi.

 

Qirg‘izistonda bu masala sentyabr oyida yana kun tartibiga chiqqandi. Prezident Sadir Japarov ayrim og‘ir jinoyatlar, ayniqsa bolalar va ayollarga nisbatan zo‘ravonlik holatlari uchun o‘lim jazosini qayta joriy etish taklifini bildirgandi. Bu taklif jamoatchilikda katta muhokamalarga sabab bo‘ldi.

 

BMT va xalqaro huquqni himoya qiluvchi tashkilotlar esa bu tashabbusni qoralab chiqishdi. Ular taʼkidlashicha, o‘lim jazosi jinoyatchilikni kamaytirmaydi, aksincha, adolat tizimidagi xatolar inson hayotiga ziyon yetkazishi mumkin.

 

Hozirda Qirg‘izistonda qonun loyihasi muhokama bosqichida. Xalqaro tashkilotlar mamlakatni inson huquqlariga sodiq qolishga va o‘lim jazosini qayta joriy etmaslikka chaqirmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика