1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

TVS Uzbekistan banki sobiq tahlilchisi Rossiyada teraktga aloqadorlikda ayblanmoqda

Serebryakovga terrorchilik va portlovchi moddalar bilan bog‘liq bir qancha moddalar bo‘yicha ayblovlar qo‘yilgan, tergov davom etmoqda.

TVS Uzbekistan banki sobiq tahlilchisi Rossiyada teraktga aloqadorlikda ayblanmoqda

Ikkinchi G‘arbiy okrug harbiy sudi TVS Uzbekistan ma’lumotlar bankining sobiq tahlilchisi Yevgeniy Serebryakovga nisbatan ehtiyot chorasi sifatida qo‘llanilgan hibsda saqlash muddatini yana olti oyga uzaytirdi. U 2024-yilda Moskvaning Sinyavinskaya ko‘chasida harbiy avtomobil portlatilishida ishtirok etganlikda ayblanmoqda.

 

Sud matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, jinoiy ishning maxfiy xususiyatidan kelib chiqib, sud majlisi yopiq eshiklar ortida o‘tkazilishi mumkin. Sud jarayoni 29-oktabr kuni boshlanishi rejalashtirilgan.

 

Tergov materiallariga ko‘ra, Serebryakov jinoyatni rejalashtirish bosqichida Ukraina harbiy-siyosiy guruhlari bilan aloqada bo‘lgan hamda tayyorgarlik xarajatlarini qoplash maqsadida 1 400 dollar olgan. Unga nisbatan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining terrorchilik faoliyati, portlovchi moddalar bilan noqonuniy muomala va terrorchilik harakatiga tayyorgarlik ko‘rish bilan bog‘liq bir necha moddalariga asosan ayblov e’lon qilingan.

 

Sud tomonidan hibs muddati uzaytirilgan Serebryakov hozirda tergov izolyatorida saqlanmoqda. Tergov organlari jinoyatga aloqador boshqa shaxslarni aniqlash va voqea tafsilotlarini to‘liq o‘rganish bo‘yicha ishlarni davom ettirmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика