1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Nyu-Yorkdagi hashamatli 102 qavatli bino nuray boshladi

Aholi 2017-yildan beri qurilish sifati pastligi haqida shikoyat qilib kelmoqda.

Nyu-Yorkdagi hashamatli 102 qavatli bino nuray boshladi

Nyu-York shahrining markazida joylashgan 102 qavatli hashamatli osmono‘par bino jiddiy konstruktiv muammolar tufayli nuray boshladi. 2015-yilda foydalanishga topshirilgan ushbu inshootda tashqi fasadda yoriqlar va bo‘shliqlar paydo bo‘lgan, ichki qismda esa liftlar tez-tez ishdan chiqayotgani, suv sizib kirayotgani aniqlangan. Bu haqda The New York Times nashri xabar berdi.

 

Mutaxassislarga ko‘ra, buning ehtimoliy sababi bino loyihachisi Garri Maklou talab qilgan oq fasad rangidir. Fasadni oq rangda tayyorlash uchun beton aralashmasining tarkibi o‘zgartirilgan bo‘lib, bu esa mustahkamlikka salbiy ta’sir ko‘rsatgan bo‘lishi mumkin. Qurilish boshlanishidan oldin ham bu borada xavotirlar bildirilib, ogohlantirishlar berilgan.

 

Qurilish muhandisi Stiv Bonjorno shikastlanishlar ortiqcha og‘irlik va konstruktsion zaiflikdan dalolat berishini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, “to‘qqiz xonali summa”ni tashkil qiluvchi ta’mirlash ishlari amalga oshirilmasa, bino yashash uchun yaroqsiz holga kelishi yoki atrofdagilar uchun xavf tug‘dirishi mumkin.

 

Bino aholisi 2017-yildan boshlab suv sizib chiqishi, quvurlardan kelayotgan shovqin va past energiya samaradorligi kabi muammolar haqida shikoyat qilib kelmoqda. 2021-yilda ular quruvchi kompaniyaga nisbatan sud da’vosi kiritib, 165 million dollarlik kompensatsiya talab qilishgan.

 

Balandligi 425,5 metr bo‘lgan mazkur bino Manxetten markazidagi Park Avenue 432 manzilida joylashgan bo‘lib, u “qalam shaklidagi” dizayni bilan mashhur. CNN’ning yozishicha, bu binoda xonadon sotib olganlar orasida qo‘shiqchi Jennifer Lopes hamda xitoylik tadbirkor Ye Tszyanmin bor.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика