Shuningdek, Xalqaro tashkilot tomonidan qabul qilingan rezolyutsiyada isroillik garovga olinganlarni “zudlik bilan va hech qanday shartlarsiz” ozod qilish talab qilingan.
Rezolyutsiya BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy bo‘lmagan aʼzolari tomonidan taklif qilingan, AQSH esa ovoz berish jarayonida betaraf qolgan.
Bu G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatishni talab qiluvchi Xavfsizlik kengashi tomonidan qabul qilingan birinchi rezolyutsiyadir. Ilgari bir necha shunday rezolyutsiyalar AQSH tomonidan bloklangan edi. O‘z navbatida, Rossiya va Xitoy juma kuni AQSHning o‘t ochishni to‘xtatish chaqirig‘ini HAMAS terrorchilari tomonidan garovga olinganlarni ozod qilish bilan bog‘lovchi rezolyutsiyani bloklagan edi.


