Tog‘li Qorabog‘da tinchlik o‘rnatishning yagona yo‘li bu – arman qo‘shinlarini to‘liq olib chiqib ketish va Xonkendidagi rejimni tarqatib yuborishdir. Bu haqda Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi maʼlum qildi.
Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Boku Yerevan oldiga qo‘ygan shartlar bajarilmaguncha harbiy amaliyotlarni davom ettirishga vaʼda bermoqda.
“Harbiy operatsiya Qorabog‘dagi qurolli arman to‘dalarini to‘liq yo‘q qilmagunimizcha davom etadi”, — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Ozarbayjon 19 sentyabr kuni Tog‘li Qorabog‘da konstitutsiyaviy tuzumni tiklash uchun “aksilterror chora-tadbirlari”ni boshlagan edi.
Avvalroq Armaniston Ozarbayjon Tog‘li Qorabog‘ga qarshi yangi harbiy provokatsiya qilish uchun chegaraga qo‘shin to‘playotganini maʼlum qilgandi.