1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Bo‘stonliqda ayiq vahshiylarcha o‘ldirilgani aytilmoqda

Holatga Ekologiya boshqarmasi munosabat bildirdi.

Bo‘stonliqda ayiq vahshiylarcha o‘ldirilgani aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida ayiq vahshiylarcha o‘ldirilgani aytilgan xabar tarqalgandi. Holatga viloyat Ekologiya boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi. 

 

Qayd etilishicha, xabar bo‘yicha Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi Bo‘stonliq tumani bo‘limi va Burchmullo davlat o‘rmon xo‘jaligi xodimlari tomonidan joyiga chiqib o‘rganilgan

 

O‘rganish davomida Burchmullo davlat o‘rmon xo‘jaligining Qorong‘u- to‘qay bo‘limi Cho‘loqmergan hududida 1 dona Tyan-Shan qo‘ng‘ir ayig‘i taxminan 70-80 metr balandlikdagi qoya toshdan yiqilib tushganligi aniqlangan. 

 

“Tyan-Shan qo‘ng‘ir ayig‘i tanasidan nobud bo‘lish sabablari O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti ekspertiza markazining xulosasiga  asosan aniqlanadi. Xulosa natijalari chiqqunga qadar Burchmullo davlat o‘rmon xo‘jaligining tegishli bo‘limida vaqtincha saqlab turilishi maʼlum qilinadi. Ekspertiza xulosasi natijalariga ko‘ra huquqiy baho beriladi.

 

Holat Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi tomonidan nazoratga olingan”, deyiladi xabarda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика