1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Boysundagi maktabda bola kaltaklangani aytilmoqda

Oqibatda 2-sinf o‘quvchisining yelkasi singan.

Boysundagi maktabda bola kaltaklangani aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqda Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida maktabga futbolka kiyib borgan bolani o‘qituvchilar kaltaklab, yelkasini sindirib qo‘ygani aytilgan videomurojaat tarqalgandi.

 

Videomurojaatda bolaning onasi 2-sinf o‘g‘li maktabda kaltaklangani, bu bo‘yicha tegishli organlarga qilingan murojaatlar javobsiz qolayotgani haqida aytgan.

 

Holat yuzasidan viloyat Maktabgacha va maktab boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.

 

Qayd etilishicha, hozirda mazkur holat boshqarma tomonidan nazoratga olingan.

 

“Tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda voqea tafsilotlari o‘rganilib, rasmiy maʼlumot beriladi”, deyiladi rasmiy izohda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика