1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistondagi 8 ta bank jarimaga tortildi

Shuningdek, 7 ta bank va 13 ta to‘lov tashkiloti ogohlantirildi.

O‘zbekistondagi 8 ta bank jarimaga tortildi

Markaziy bank huzuridagi Bank nazorati qo‘mitasi tomonidan joriy yilning sentyabr oyida o‘tkazilgan yig‘ilishda 43 ta masala ko‘rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

 

Qo‘mita tomonidan 28 ta masala ro‘yxatga olish va ruxsat berish yo‘nalishida ko‘rib chiqildi.

 

Shuningdek, 15 ta masala kredit tashkilotlarining moliyaviy holatiga bag‘ishlandi. Ular orasida, Markaziy bank ko‘rsatmalari va prudensial meʼyorlar talablariga rioya etilishi, bank va mikromoliya tashkilotlarida o‘tkazilgan inspeksiya natijalari, bank xizmatlari isteʼmolchilarining huquqlarini himoya qilish, shuningdek, jinoiy daromadlarni legallashtirish, terrorizm va ommaviy qirqin qurollarni moliyalashtirishga qarshi kurashishga oid masalalar muhokama qilindi.

 

Prudensial talablarga rioya etmagani va qonunchilikda belgilangan qoidalarga amal qilmagani sababli 7 ta bank va 13 ta to‘lov tashkiloti kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ogohlantirildi.

 

Bundan tashqari, 8 ta bankka nisbatan jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish qoidalarini buzgani hamda bank xizmatlarini ko‘rsatish jarayonidagi qonunbuzarliklar uchun jarima sanksiyalari qo‘llanildi.

 

Bunga o‘tkazilgan inspeksiya tekshiruvlari davomida va ichki nazorat qoidalariga rioya qilinishida aniqlangan qoidabuzarliklar, shuningdek, bank xizmatlari isteʼmolchilari bilan o‘zaro munosabatlarni amalga oshirish yo‘nalishida qonunchilik talablariga rioya qilinmagani sabab bo‘lgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика