1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Rossiyadan urushga yuborilgan o‘zbekistonlik fuqaro Ukrainada asirga tushdi

U Rossiyada urushga borishga majburlangani haqida aytmoqda.

Rossiyadan urushga yuborilgan o‘zbekistonlik fuqaro Ukrainada asirga tushdi

Rossiya tomonidan urushga jalb etilgan O‘zbekiston fuqarosi Ukraina frontida taslim bo‘ldi. Uning videomurojaatini “Nexta Live” kanali eʼlon qildi.

 

Maʼlum qilinishicha, 31 yoshli buxorolik yigit Rossiya armiyasi safida qatnashish haqidagi shartnomani majburiy ravishda imzolagan. U mahalliy politsiya tomonidan giyohvand moddalar bilan bog‘liq jinoyatda ayblanib, 12–18 yilga ozodlikdan mahrum etilish bilan qo‘rqitilgan. U yo qamoqni, yo frontni tanlashiga to‘g‘ri kelgan. 

 

Ukraina hududiga yetib kelgan zahoti yigitni harbiy dronlar aniqlagan. U qurolsiz holatda taslim bo‘lgan.

 

O‘zbekistonlik yigit Rossiya armiyasidagi og‘ir sharoitlar haqida ham so‘z yuritgan. Uning aytishicha, harbiylar aloqa vositalari va zarur jihozlarni o‘z mablag‘lari evaziga sotib olishga majbur bo‘lishgan. Armiyada esa tartibsizlik, aldov va beparvolik hukmron.

 

U, shuningdek, jang maydonida halok bo‘lgan askarlarning soni nihoyatda ko‘p ekanini aytgan.

 

Yigit Rossiyaga qaytishni istamayotganini bildirgan va O‘zbekiston hukumatidan mamlakatga qaytishda yordam so‘ragan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика