1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Braziliyaning Buritikupu shahri cho‘kib boryapti

Shu sababli shaharda favqulodda holat e’lon qilindi.

Braziliyaning Buritikupu shahri cho‘kib boryapti

Braziliyaning Buritikupu shahrida yer ostiga cho‘kish jarayoni tezlashgani sababli favqulodda holat e’lon qilindi. Bu haqida Reuters agentligi xabar berdi.

 

Shaharda 55 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi, yer ostida paydo bo‘lgan chuqurliklar esa 1,200 kishiga xavf solmoqda. Mahalliy rasmiylarning ta’kidlashicha, so‘nggi oylar ichida chuqurliklarning hajmi sezilarli darajada oshib, turar-joy binolariga yaqinlashgan.

 

Uzoq yillardan beri shahar aholisi tuproq cho‘kishini kuzatib kelmoqda. Mutaxassislarning fikricha, kuchli yomg‘irlar qumli tuproqlarni yuvib ketmoqda, bu esa qurilish ishlari va o‘rmonlarning kesilishi bilan yanada kuchaymoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика