1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Britaniyalik aka-ukalar 85 yil o‘tib bir-birini topdi

Ular bir-birining borligidan bexabar bo‘lgan.

Britaniyalik aka-ukalar 85 yil o‘tib bir-birini topdi

 

Buyuk Britaniyalik 87 yoshli Allen Suinbank va uning ukasi Jon bir-birlarining borligi haqida 85 yil davomida bilmaganlar. Ular shuncha yillik ayriliqdan keyin birinchi marta uchrashishdi.

 

Allen onasi bilan Yorkshirning Sharqiy Riding shahrida yashagan. Olti oyligida otasi oilani tark etgan.

 

Allenning o‘gay ukasi, Shotlandiyaning Freyzerburg shahrida yashovchi 85 yoshli Jon ham akasi borligidan bexabar edi.

 

2023 yil boshida Jonning nabirasi Allenni oilasining shajarasini tuzayotganda topishga muvaffaq bo‘ldi. U erkakka qo‘ng‘iroq qilib, buvasining akasi ekanligini aytdi. Jon va Allen yaqin aka-uka ekanliklarini bilgach, darhol uchrashishdi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика