1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Britaniyaning Plimut shahrida otishma yuz berdi

Britaniyaning Plimut shahrida otishma yuz berdi.

Britaniyaning Plimut shahrida otishma yuz berdi

 

 Bu haqda “Sky New”telekanali janubi-gʻarbiy Angliya tez yordam xizmati maʼlumotiga tayanib xabar qilmoqda. 


Voqea natijasida kamida 5 kishi halok boʻlgan. Ular orasida  yosh bola ham bor. Yana bir necha kishi turli jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilgan.


Hududni politsiya, tez yordam mashinalari va vertolyotlar  oʻrab olgan. 


“Bizga Plimutdagi favqulodda vaziyat haqida 18:12 da  xabar kelib tushdi. Xabarni zudlik bilan qabul qilib, voqea joyiga qutqaruvchilar guruhi, shuningdek tez yordam mashinalari va vertoletlarni yubordik”,  deyiladi tibbiy xizmatning Twitterʻdagi sahifasida qoldirilgan maʼlumotda. 


Voqea tafsilotlari oʻrganilmoqda.

 

Sharofat Mahmudova

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика