1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Buxoroda 5 ishchi kanalizatsiya quvuriga tushib ketib halok bo‘ldi

Hozirda 3 kishining jasadi olib chiqilgan, yana 2 nafar fuqaro qidirilmoqda.

Buxoroda 5 ishchi kanalizatsiya quvuriga tushib ketib halok bo‘ldi

4-sentabr kuni soat 12:02 da Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan viloyat IIBning “102” qisqa raqamiga Buxoro tumani “Bog‘idasht” qishlog‘i hududidan o‘tuvchi markaziy kanalizatsiya quvurida favqulodda vaziyat yuz bergani haqida xabar berilgan.

 

Aniqlanishicha, “Fayz binokor Oltiariq” MCHJning besh nafar ishchisi yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uylarning kanalizatsiya quvurlarini markaziy quvurga ulash jarayonida xavfsizlik qoidalariga rioya qilmagan holda quvurga tushib ketgan. Holat “O‘rta Osiyo qurilish” MCHJga qarashli kran haydovchisi tomonidan diametri 1000 mm, chuqurligi 8 metr bo‘lgan quvur qopqog‘ini ruxsatsiz ochib qo‘yilishi oqibatida yuzaga kelgan. Kuchli oqim sabab ishchilar oqova suv bilan oqib ketgan.

 

Hodisa joyini ko‘zdan kechirish davomida Buxoro tumani Zaranoq MFY hududidagi oqova suv uzatish punktidan uch nafar fuqaroning jasadi topilgan. Qolgan ikki nafar ishchini qidirish ishlari davom etmoqda.

 

Mazkur holat yuzasidan Buxoro viloyati IIB Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 257-moddasi 2-qismi “a” bandi (mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика