1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

"Qonunchilikka muvofiq" — Oʻzbekiston chegarachilari ikki qirgʻizistonlikka o’q uzgani asosli deb topildi

O‘zbekiston DXX Chegara qo‘shinlari Qirg‘iziston fuqarolari halok bo‘lgan hodisa yuzasidan bayonot berdi.

"Qonunchilikka muvofiq" — Oʻzbekiston chegarachilari ikki qirgʻizistonlikka o’q uzgani asosli deb topildi

O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari Qirg‘iziston fuqarolari bilan bog‘liq hodisa yuzasidan rasmiy izoh berdi.

 

15-avgust kuni Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan Ugom–Chotqol qo‘riqxonasi yaqinida chegara qo‘riqchisi ikki noma’lum shaxsni aniqlagan. Ularni to‘xtatish to‘g‘risidagi qonuniy talab bajarilmagani va qochishga urinish kuzatilgani sababli avval havoga ogohlantiruvchi o‘q uzilgan. Shunga qaramay, ular harakatni davom ettirgan va belgilangan tartibda qurol qo‘llanilgan. Oqibatda ikki shaxs jarohat olib, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilganiga qaramay halok bo‘lgan.

 

Tekshiruv chog‘ida chodir, otlar, oziq-ovqat mahsulotlari hamda qochib ketishga muvaffaq bo‘lgan uchinchi shaxsning izlari topilgan. 31-avgust kuni marhumlarning shaxsi aniqlanib, ular Qirg‘iziston fuqarolari ekani ma’lum bo‘ldi va jasadlar qarindoshlariga topshirildi.

 

2–3-sentabr kunlari voqea joyi O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegara qo‘shinlari tomonidan birgalikda ko‘zdan kechirildi. Tekshiruv yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston chegara xodimlarining harakatlari milliy qonunchilikka muvofiqligi tasdiqlandi. Shuningdek, uchinchi shaxsning Qirg‘iziston hududiga qaytib ketgani aniqlandi va uni aniqlash bo‘yicha qo‘shma choralar ko‘rilishi belgilandi.

 

Tomonlar, shuningdek, chegara hududlarida aholiga tushuntirish ishlarini kuchaytirish va murakkab tog‘li uchastkalarda qo‘riqlash choralarini mustahkamlash bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика