Buxoro viloyatida 12 yanvardan boshlab anomal sovuq o‘tib ketguniga qadar umumiy ovqatlanish shoxobchalari va ishlab chiqarish tashkilotlariga tabiiy gaz yetkazib berish to‘xtatiladi.
Shuningdek, gaz zapravkalar ish faoliyatini soat 7:00 dan 10:00 gacha olib boradi.
Eslatib o‘tamiz, "Hududgaz Buxoro" gaz taʼminoti filiali havo haroratining keskin tushib ketishi sabab aholi isteʼmolchilariga tabiiy gazni bir maromda yetkazib berish maqsadida joriy yilning 22 dekabr kunidan boshlab AGQKSH (avtomobillarga gaz quyish kompressor shoxobcha)lari o‘z ish faoliyatini soat 7:00 dan to 12:00 ga qadar olib borishini maʼlum qilgandi.