1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Chang bo‘ronidan keyin cho‘kkan chang tarkibi o‘rganildi

Chang tahlili uchun namunalar poytaxtimizning Olmazor tumani “Beruniy” metro bekati va Mirzo Ulug‘bek tumanining "Akadem shaharchasi" hududlaridan olindi.

Chang bo‘ronidan keyin cho‘kkan chang tarkibi o‘rganildi

 

Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazi va O‘zR FA Bioorganik kimyo instituti olimlari tomonidan poytaxtimizda tarqalgan chang bo‘ronidan keyin cho‘kkan chang tarkibi o‘rganib chiqildi.

 

Chang tarkibi SmartSEM dasturiy taʼminot yordamida 100 mkm dan 1 mkm gacha bo‘lgan turli masshtablarda olindi.

 

 

✅ Namunalar SEM - EVO MA 10 (Zeiss, Germaniya), Panalytical Empyrean rentgen difraktometri, Agilent 7890B gaz xromatografi kabi qurilmalarda tahlil qilindi. Uskunalar ishi Data Collector dasturi yordamida nazorat qilindi.

❗️ Natijalar shuni ko‘rsatadiki, chang hajmi 5 mikrongacha bo‘lib, bu kattalikdagi chang zarralari ancha zararsizdir.

 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda chang bo‘roni boshlanib, salkam 5 kun davom etdi. Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga qayta saylanib, qasamyod qabul qilgan kungi nutqida ham yurtimizda kuzatilgan qum bo‘ronlari haqida to‘xtalib o‘tgandi.

 

Avvalroq chang bo‘roni tufayli "Tez yordam"ga chaqiriqlar soni oshgani hamda Buxorodagi binolar qum bo‘roniga dosh berolmagani haqida xabar berilgandi.

 

Bahriniso Madumarova

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика