Angliyaning “Chelsi” jamoasi bosh murabbiyi Enso Mareska “Liverpul”ga qarshi o‘yinda hissiyotga berilib, texnik hududdan chiqib ketgani uchun jazolandi. Angliya futbol assotsiatsiyasi (FA) murabbiyga bir o‘yinlik diskvalifikatsiya va 8 ming funt sterling jarima tayinladi.
Maʼlumotlarga ko‘ra, Mareska “Liverpul” ustidan 95-daqiqadagi g‘alabani nishonlagan paytda sariq kartochka olgan va maydondan chetlatilgan. U aybini tan olgan hamda jazoni qabul qilgan.
Shu bois u navbatdagi Premyer-liga o‘yini — “Nottingem Forest”ga qarshi bahsni skameyka


