1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Chexiya prezidentligiga nomzodga tahdid qilinmoqda

Sobiq Bosh vazir Andrey Babishga o‘q solingan konvert yuborildi.

Chexiya prezidentligiga nomzodga tahdid qilinmoqda

 

Chexiya Respublikasining sobiq Bosh vaziri, prezidentlikka nomzod Andrey Babishning aytishicha, soqchilar unga rafiqasi Monika nomiga xat bergan. Maktub matnida tahdidlar yozilgan va konvert ichiga patron solingandi.

 

“Gap prezidentlikka nomzod va uning oila aʼzolarini qo‘rqitish haqida ketmoqda, bu erkin jamiyatda bo‘lmasligi kerak”, — dedi Babish matbuot anjumanida.

 

U boshqa tafsilotlarni jurnalistlarga aytishdan bosh tortgan. Hozirda politsiya tergov ishlari olib boryapti.

 

Elatib o‘tamiz, 13-14 yanvar kunlari Chexiyada saylovning birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda NATO harbiy qo‘mitasining sobiq rahbari, zaxiradagi armiya generali Petr Pavel 35,4 foiz ovoz oldi. Babish esa 34,99 foiz ovoz bilan ikkinchi o‘rinni egalladi. Saylovning ikkinchi bosqichi 27-28 yanvar kunlari o‘tkaziladi.

 

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика