1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Chiqindi zavodida 37 nafar o‘zbekistonlik ushlandi

Hozirda ularga nisbatan tegishli choralar ko‘rilgan.

Chiqindi zavodida 37 nafar o‘zbekistonlik ushlandi

 

Qozog‘iston poytaxtidagi chiqindini qayta ishlash zavodida noqonuniy ishlab yurgan 37 nafar o‘zbekistonlik qo‘lga olindi.

 

Qayd etilishicha, Qozog‘iston Respublikasi IIV Migratsiya xizmati qo‘mitasi kun davomida Ostonada 119 nafar noqonuniy mehnat muhojirini aniqlagan. Shuningdek, besh nafar xorijlik intim xizmatlarini ko‘rsatayotgani ma’lum bo‘lgan.

 

Jumladan, chiqindilarni qayta ishlash korxonasi hududida olib borilgan ishlar davomida ham noqonuniy mehnat faoliyati bilan shug‘ullanayotgan o‘zbekistonliklarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilgan.

 

Bundan tashqari, xonadonlar, yotoqxonalar, qurilish maydonchalari, ishlab chiqarish maydonlari va bozorlar ko‘zdan kechirilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика