1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Lifestyle

Dunyodagi eng badbo‘y hidli gul o‘g‘irlab ketildi

U kolleksionerlar tomonidan katta mablag‘ evaziga sotilishi mumkin.

Dunyodagi eng badbo‘y hidli gul o‘g‘irlab ketildi

Germaniyaning Rombergpark botanika bog‘ida o'suvchi va dunyodagi eng badbo‘y hidli gul sifatida tanilgan Titan Arum o‘g‘irlab ketildi. Noyob o‘simlikning ildiz qismi noma’lum shaxslar tomonidan olib ketilgan.

 

Bog‘ ma’muriyatining ma’lum qilishicha, o‘g‘irlangan gulning ildizi 20–30 kilogramm atrofida bo‘lib, u gullash arafasida edi. Botanika bog‘ining odatiy tekshiruvlari chog‘ida gul yo‘qolganini payqab qolishgan. Bu hodisa bog‘ uchun katta yo‘qotish hisoblanadi, chunki “David” 2016-yildan beri kolleksiyada saqlanib kelgan va keyingi gullashini kutishgan.

 

Titan Arum o‘zining o‘ta kuchli va badbo‘y hidi bilan mashhur. Uning hidini chirigan go‘sht yoki yovvoyi o‘simliklarning achigan hidiga qiyoslashadi. Bu o‘simlik tabiatda Indoneziya orollarida o‘sadi va gullash davrida hasharotlarni o‘ziga jalb qilish uchun ana shunday hid chiqaradi.

 

Politsiya hozirda tergov olib bormoqda. Mutaxassislarning aytishicha, bunday gul juda noyob bo‘lib, uni qayta yetishtirish oson emas. Shuningdek, u qora bozorda biologik kolleksiyalar yoki maxsus kolleksionerlar tomonidan katta mablag‘ evaziga sotilishi mumkin.

 

Titan Arum gullashi kamdan-kam uchraydi va odatda bir necha yilda bir marta sodir bo‘ladi. Gullash jarayoni atigi ikki kun davom etadi, shuning uchun u gullaganda ko‘plab tashrif buyuruvchilarni jalb qiladi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика