Toshkent shahrida joylashgan Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida respublika bosqichida “Ustozlar milliy forumi” bo’lib o’tdi.

Forum Maktab va maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan “Mahoratli o’qituvchi - millat tayanchi“ shiori ostida tashkil etilgan bo’lib bundan maqsad: umumiy o’rta ta’lim o’qituvchilarini malakaviy savodxonligini oshirishdan iborat hisoblanadi. Forumda hududlardan 210 nafar treyderlar jalb etilgan bo’lib bundan maqsad pedagoglarni yangi o’quv yilida ta’lim tizimida o’qituvchilar uchun mazkur yangiliklardan xabardor qilishdan iborat:
- endilikda ta’lim tizimida darslarni tashkil etish va olib borishda o’qituvchilar sun’iy intellektdan foydalanishadi;
- ilm olish jarayonida ildamlab ketayotgan va ortda qolayotgan o’quvchilarni bir darsni o’zida o’qituvchi o’quvchilar bilan ishlash yo’llari olib boriladi;
- endi yuqori sinf o’quvchilari fanlarni o’zi tanlaydi va tanlagan yo’nalishi bo’yicha tahsil oladi;
Forum o’tkazishdan maqsad - ta’lim sohasiga alohida e’tibor, talab hamda pedagoglarni obro’sini oshirishga qaratilgan. Malakaviy amaliyot jarayonida Forumning turli fanlar yo’nalishida tashkil etilgan mashg’ulotlari umumta’lim maktablarining eng sara master-trenerlar tomonidan olib borildi.

Amaliy dars jarayonida mashg’ulotlar seminar tarzda olib borildi. Ya’ni musiqa darsida treninglar pedagoglar bilan fortapiano chalish orqali ovoz sozlash mashqlari va kuylar ijro etishdi. Endilikda boshlang’ich va tayanch ta’lim darslarida qo’shiq kuylash kuylash malakalari qo’shildi. Malakaviy amaliyotda mutaxassislarning maqsadi - yosh kadrlarga zamonaviy standartlarga asoslangan holda dars berish va umumta’lim o’quvchilarini ilmli qilib tarbiyalashdan iborat.


