1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat / 
  4. Eri tomonidan bolalar ko‘z o‘ngida do‘pposlangan ayol vafot etdi

10:52 / 26.08.2022

1.3k

Eri tomonidan bolalar ko‘z o‘ngida do‘pposlangan ayol vafot etdi

Eri tomonidan bolalar ko‘z o‘ngida do‘pposlangan ayol vafot etdi

Marhumaning turmush o‘rtog‘i protsessual tartibda ushlangan.

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Quyi Chirchiq tumanida er rashk sabab xotinini xususiy uy bog‘chasidagi bolalar ko‘z o‘ngida bo‘g‘ib, urgani haqida videoxabarlar tarqalgandi.

 

Aniqlanishicha, 2022 yil 24 avgust kuni Quyi Chirchiq tumani “Paxtakor” mahallasida yashovchi 31 yoshli erkak S.X. oilaviy kelishmovchiliklar va rashk tufayli 24 yoshli turmush o‘rtog‘i M.X. bilan janjallashib, bolalarni ko‘z oldida turmush o‘rtog‘ini urib, haqorat qilgan.

 

Bu holat yuzasidan Quyi Chirchiq tumani IIB tomonidan o‘rganish ishlari boshlangan.

 

So‘ngra, 2022 yil 25 avgust kuni S.X. qaynotasini uyiga eshikdan oshib tushib, oilaviy muammolar tufayli otasini uyida yashab kelgan turmush o‘rtog‘i M.X.ni yotoqxonasiga kirib, bo‘yin sohasiga oshxona pichog‘i bilan tan jarohati yetkazib, hodisa joyidan yashiringan.

 

Olgan tan jarohati oqibatida, ayol vafot etgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.

 

Quyi Chirchiq tuman prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика