1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

O’z farzandining qotiliga aylangan ota

Samarqandda ota hali bir yoshga ham to’lmagan chaqalog’ini o’ldirdi.

O’z farzandining qotiliga aylangan ota

 

Ma’lum qilinishicha, jinoyat er-xotin o’rtasidagi janjal oqibatida sodir bo’lgan. Ayol erining buyurganini qilmagani uchun ayblanuvchi chaqaloqni qo‘liga olib, bolaning boshiga bir necha marta urgan. Natijada chaqaloq voqea joyida vafot etgan.

 

Sud zalida erkak dastlab o‘z aybini tan olmagan va o‘ziga qo‘yilgan barcha ayblarni rad etgan. Guvohlarning va jabrlanuvchining ko‘rsatmalaridan so'ng aybdor o'z qilgan ishini tan olgan va voqea qanday sodir bo‘lganini batafsil aytib bergan.

 

Mazkur ish yuzasidan aybdor Jinoyat kodeksining 97-moddasiga asosan 18 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика