1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Kosonda ayol erini o‘ldirib qo‘ydi

Mast eridan o‘zini himoya qilmoqchi bo‘lgan ayol jinoyatchchiga aylandi.

Kosonda ayol erini o‘ldirib qo‘ydi

 

Joriy yilning 5 dekabr kuni soat 18:00 larda Qashqadaryo viloyati Koson tumani “Qorabayir” mahallasida yashovchi E.J. mast holda turmush o‘rtog‘i M.X.ni haqoratlab, urib-tepib, tomoq sohasidan bug‘adi. Chorasiz qolgan ayol erini qo‘lidan chiqishga har qancha harakat qilmasin, kuchi yetmagani sabab oxirgi chora sifatida yonida supadagi savat ustida turgan oshxona pichog‘ini olib, turmush o‘rtog‘ining chap qo‘ltiq osti sohasiga bir marta sanchadi. Oqibatda, E.J. olgan og‘ir tan jarohati tufayli vafot etgan.
 

Qashqadaryo viloyat ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabariga ko‘ra, hozirda mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan M.X.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijonda shar’iy nikohdagi erini unitaz qqopqog‘i bilan urib o‘ldirgan ayol 4 yilga  qamalgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика