1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Eron AQSH bilan yadro kelishuviga erishishga yaqin

Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri maʼlum qildi.

Eron AQSH bilan yadro kelishuviga erishishga yaqin

 

Eron Vashington bilan yadro kelishuvining imzolanishiga yaqin turibdi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Amir Abdulloxiyan BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan telefon muloqotida aytib o‘tdi

 

"Biz muzokaralarda kelishuvga erishishga yaqinmiz. Bizning takliflarimiz YI orqali amerikaliklarga yetkazildi va endilikda to‘p ular tomonida", — degan vazir.

 

Maʼlumot o‘rnida: 2015 yilda Eron va AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Rossiya hamda Xitoy o‘rtasida "Hamkorlikdagi umumiy harakatlar rejasi" imzolangan. Unga ko‘ra, Tehron yadro quroli ishlab chiqishdan voz kechishi, G‘arb esa iqtisodiy sanksiyalarni bekor qilishi lozim edi. Ammo 2018 yilda AQSH bu kelishuvdan chiqib ketdi.

 

Jozef Bayden AQSH prezidentiga aylangach, kelishuvni qaytib tiklash tashabbusi bilan chiqdi. 2021 yildan boshlab Venada sakkiz raundli muzokaralar o‘tkazildi. 11-mart kuni tomonlar tashqi faktorlar tufayli tanaffus oldi. Unga asosiy sabab qilib Rossiyaning Ukrainadagi harbiy operatsiyasi ko‘rsatilmoqda. Bunga qadar muzokaralar final bosqichiga chiqqan va fevral oxirida yakunlanishi kerak edi.

 

Avvalroq Eron AQSH sanksiyalarining bekor qilinishini talab qilgandi

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика