Eronning Tabriz shahrida F-5F Tiger harbiy samolyoti halokatga uchradi. U odamlar gavjum bo'lgan ko'chaga qulagan. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
"Eron Harbiy-havo kuchlari samolyoti sport markazi yoniga qulashi oqibatida ikki uchuvchi va bir piyoda halok bo‘ldi", deyiladi xabarda.
Halokat sabablari aniqlanmoqda. Qayd etilishicha, uchuvchilar shaharning turarjoy hududlariga qulab tushmaslikka harakat qilgan. Ammo buni uddalay olmagan.
Avvalroq Filippin harbiy-havo kuchlarining C-130 samolyoti Sulu provinsiyasi Holo oroliga qo‘nishga uringan paytda halokatga uchragan, oqibatda 50 kishi vafot etgan edi.


