1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Tramp Eron yadro dasturi tezlashishda aybdor — Oq uy

Shuningdek, sobiq prezident qarorlari Eronning mintaqa bo‘ylab hujumlari kuchayishiga sabab bo‘lgani taʼkidlangan.

Tramp Eron yadro dasturi tezlashishda aybdor — Oq uy

 

Oq uy AQSH sobiq prezidenti Donald Trampni Eron yadro dasturi tezlashishida aybladi. Bu haqda “Ria Novosti” xabar berdi.  

 

Jozef Bayden matbuot xizmati rahbari Jen Psakining so‘zlariga ko‘ra, Trampning ko‘p tomonlama yadro kelishuvidan chiqib ketishi Tehronni majburiyatlardan ozod qilgan va AQSHni xalqaro maydonda yakkalanib qolishiga sabab bo‘lgan.

 

“Biz hozir yana muzokaralar stolidamiz. Ammo sobiq administratsiyaning yadro kelishuvidan chiqib ketishi Eronning atom dasturi tezlashishiga olib keldi. Hozirda Tehron bizning Fors ko‘rfazidagi hamkorlarimizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri hujum  qilmoqda, uning qo‘g‘irchoqlari AQSH qo‘shinlariga zarar yetkazyapti.Vashington esa xalqaro maydonda butunlay yakkalanib qoldi”, – degan  u.

 

Maʼlumot o‘rnida: Hozirda Venada Eron bilan yadro kelishuvi bo‘yicha sakkizinchi raund muzokaralar bo‘lib o‘tyapti. Tehron AQSH bilan muloqotdan bosh tortmoqda va Tramp davrida joriy qilgan sanksiyalarni bekor qilishni talab qilyapti.

 

Avvalroq Eron Saudiya Arabistoni bilan munosabatlarni yaxshilashga tayyorligini maʼlum qilgandi.

 

Jahongir Qo‘ziyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика