Bu haqida Reuters agentligi Tehron qaroridan xabardor bo‘lgan mintaqadagi ikki amaldorga tayanib xabar berdi. Mazkur xabar Isroil armiyasi Livandagi Hizbulloh guruhi yetakchisi Hasan Nasrulloh Bayrutga berilgan zarbada halok bo‘lganini tasdiqlagani fonida eʼlon qilindi.
Reuters suhbatdoshlarining qayd etishicha, Eron keyingi harakatlarni aniqlash uchun Hizbulloh va boshqa mintaqaviy guruhlar bilan doimiy aloqada.


