Erondagi Loriston viloyatida bug‘doy ortilgan 12 vagonli yuk poyezdi relsdan chiqib ketdi. Hodisa Chamsangar temiryo‘lining 530-kilometrida sodir bo‘lgan.
Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. Biroq voqea natijasida Shimoliy–Janubiy milliy temiryo‘l yo‘nalishi vaqtincha yopildi.
Rasmiylar voqea sabablarini o‘rganmoqda va harakatni tiklash ishlari olib borilmoqda.


