Futzal bo‘yicha 2024-yilgi FIFA jahon chempionati O‘zbekistonning uch shahri — Toshkent, Buxoro va Andijon shaharlarida bo‘lib o‘tadi. Markaziy Osiyoda ilk bor bo‘lib o‘tadigan mazkur musobaqa 14 sentyabrda boshlanib, 6 oktyabrgacha davom etishi rejalashtirilgan.
Shu munosabat bilan joriy yil 14-sentyabrdan 6-oktyabrgacha “Humo arena” sport majmuasiga tashrif buyuruvchi mehmonlar va muxlislarning xavfsizligini taʼminlash hamda jamoat tartibini saqlash maqsadida vaqti-vaqti bilan ayrim ko‘chalarda transport vositalarining harakati qisman cheklanadi.
Unga ko‘ra, quyidagi ko‘chalarda transport harakati vaqti-vaqti bilan cheklanadi:
Furqat - Beshyog‘och ko‘chasidan Beshyog‘och ko‘chasi bo‘ylab, Beshyog‘och - Afrosiyob ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha;
Beshyog‘och - Afrosiyob ko‘chalari kesishgan chorrahasidan, Afrosiyob ko‘chasi bo‘ylab, I.Karimov - Afrosiyob ko‘chalari kesishgan chorrahasiga ko‘chasigacha hudud yopiladi.


