1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Fil 3 kishini bosib o‘ldirdi

Qurbonlar orasida 4 yoshli bola ham bor

Fil 3 kishini bosib o‘ldirdi

 

 

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatidagi Moxammadpur Mafi qishlog‘i aholisi bir haftalik diniy marosimga tayyorgarlik ko‘rgan edi, ammo bayram fojia bilan yakunlandi.

 

Marosimda qatnashish uchun qishloqqa ikkita fil olib kelingan edi. Ularning biri o‘ziga qaratilgan eʼtiborga dosh bera olmadi.

 

Ayollar uni silash uchun o‘rab olganida uning jahli chiqib ketdi va 3 kishini bosib o‘ldirdi. Qurbonlar orasida 4 yoshli bola ham bor.

 

Voqea joyiga yetib kelgan politsiya va o‘rmon departamenti xodimlari filni tinchlantirib, uni yovvoyi tabiatga qo‘yib yubordi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика