Filippin poytaxtining qirg‘oqbo‘yi hududlarida yong‘in sodir bo‘lib, mingga yaqin uyni vayron qildi.
Mahalliy nashrlarning yozishicha, yong‘in yakshanba kuni ertalab boshlangan va uni faqat kechqurun o‘chirishga muvaffaq bo‘lishgan.
Rasmiy maʼlumotlarga ko‘ra, yong‘inda 11 kishi halok bo‘lgan, 8 mingga yaqin kishi evakuatsiya qilingan, 2000 dan ortiq oila boshpanasiz qolgan.
Maʼlumot uchun, Putig Bato oroli poytaxtning Tondo tumanining eng zich joylashgan qismi bo‘lib, aholisi 650 mingdan ortiqni tashkil etadi.


