1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Fransiya prezidenti o‘ziga tobut tayyorlab qo‘ysin

Fransiyada isroillik ravvin Makronni o‘ldirish bilan tahdid qildi.

Fransiya prezidenti o‘ziga tobut tayyorlab qo‘ysin

Fransiyada Isroil fuqarosi, ravvin David Daniel Koenning Fransiya prezidenti Emmanuel Makronni o‘ldirish bilan tahdid qilgani yuzasidan tergov ishlari boshlandi.

 

Ma’lum qilinishicha, ravvin o‘zining YouTube kanalida 37 daqiqalik videomurojaat joylab, Fransiyaning Falastin davlatini tan olish rejasini keskin tanqid qilgan. U Makronning pozitsiyasini “Xudoning irodasiga zid” deb atab, “Fransiya prezidenti o‘ziga tobut tayyorlab qo‘ygani ma’qul” deya tahdidli bayonot qilgan.

 

Fransiya ichki ishlar vaziri Bryuno Petayo ushbu murojaat ortidan tergov boshlanganini tasdiqladi. Prezident Makron esa sentabr oyida bo‘lib o‘tadigan BMT Bosh assambleyasi sessiyasigacha Falastin davlatini rasman tan olish niyatida ekanini bildirdi. U bu qadam Yaqin Sharqda tinchlik o‘rnatilishiga xizmat qilishiga ishonishini ta’kidladi.

 

Tahdid Fransiyaning Falastin davlatini tan olish rejasidan so‘ng yangradi.

 

Shuningdek Buyuk Britaniya, Kanada, Portugaliya, Fransiya va Mali sentyabr oyida BMT sessiyasi boshlanishidan avval Falastin davlatini tan olishga tayyorligini bildirdi.

 

Bundan tashqari, Andorra, Avstraliya, Islandiya, Irlandiya, Lyuksemburg, Yangi Zelandiya, Norvegiya, San-Marino, Sloveniya va Finlyandiya ham shunday qaror qabul qilish niyatida. Hozirga qadar dunyoning 140 dan ortiq davlati Falastinni tan olgan, Yevropa Ittifoqining 27 mamlakatidan 12 tasi ularning qatorida.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика