Rossiya migratsiya qoidalarini buzgan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga huquqiy maqomini qonuniylashtirish yoki mamlakatni tark etish uchun bir oy muddat berdi. Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirligi ma’lum qildi.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, xorijliklar 2025-yil 10-sentabrgacha migratsiya xizmatiga murojaat qilib, qolish uchun qonuniy asoslarni rasmiylashtirishi lozim. Ushbu talab iyun oyi o‘rtalarida ro‘yxatga olingan 800 mingdan ortiq shaxsga taalluqlidir.
Vazirlik ogohlantirishicha, belgilangan muddatdan keyin huquqiy maqomni tartibga solish imkoniyati bo‘lmaydi.


