1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Afg'onistonda ayollar go‘zallik salonlari ommaviy ravishda yopilmoqda

Kobulda 60 ming ayol ishsiz qoldi.

Afg'onistonda ayollar go‘zallik salonlari ommaviy ravishda yopilmoqda

Afg‘onistonning Kobul shahrida Tolibon harakati tomonidan ayollar go‘zallik salonlarini yopish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Tolo News axborotiga ko‘ra, taqiq doirasida yuzlab salonlar faoliyati to‘xtatilgan. Guvohlarning ma’lum qilishicha, harakat vakillari bino va inshootlarni tekshiruvdan o‘tkazib, aniqlangan salonlarning jihozlarini musodara qilmoqda yoki ularni butunlay yo‘q qilmoqda.

 

Mazkur choralar natijasida go‘zallik sohasida faoliyat yuritgan minglab ayollarning daromad manbalari yo‘qoldi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, taqiq joriy etilishidan avval bu sohada qariyb 60 ming ayol ishlagan bo‘lib, ularning aksariyati oilalarining yagona boquvchisi bo'lishgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика